Ingliz klublari "Arsenal" himoyachisi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
28 fev 2023, 14:10
Bir qator ingliz klublari "Arsenal" futbolchisi Kiran Tirni uchun kurash olib boradi.

"Everton", "Vest Xem Yunayted" va "Nyukasl" jamoalari 25 yoshli Shotlandiya terma jamoasi futbolchisi Kiran Tirnini qo'lga kiritishga urinib ko'radi.

Futbolchi "Emireyts"da etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayotgani bois holatidan mamnun emas. Shu tufayli boshqa APL klublari unga shunday imkoniyatni taqdim eta olishini bildirmoqda. 

Kiran Tirni joriy mavsum "to'pchilar" safida atigi 4 ta o'yinni asosiy tarkibda boshladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN