Inesta: "Ehtimol, bu mening Chempionlar ligasidagi so'nggi o'yinim bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
11 apr 2018, 12:02
"Barselona" sardori Andres Inesta YCHL chorak final javob uchrashuvida "Roma"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu mag'lubiyatni qabul qilish qiyin. Bu haqiqatdan yiroqqa o'xshaydi. Bizda yaxshigina ustunlik bor edi, lekin biz musobaqadan chiqib ketdik. Chunki, Rimda juda yomon o'ynadik. Chempionlar ligasi bunday holatni jazolaydi.

Ehtimol, bu mening Chempionlar ligasidagi so'nggi o'yinim bo'ldi. Hozir butun jamoa va hammamiz uchun og'ir vaziyat. Bu musobaqani yutishni juda ham istagan edik, lekin yana bir bor omadsizlikka uchradik", - dedi Inesta.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com