Inesta "Barselona" tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan ikkinchi futbolchi

Tolibjon Qosimov
15 avg 2016, 10:41
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta jamoa tarkibida shaxsiy yutuqlarni qo'lga kiritishda davom etmoqda.
"Sevilya"ga qarshi o'tkazilgan Ispaniya Superkubogi doirasidagi birinchi bahs futbolchi uchun Kataloniya klubidagi 594-o'yin bo'ldi. Bu borada u faqatgina "ko'k-anor ranglilar"ning sobiq a'zosi Xavi Ernandesdan ortda qolmoqda. Xavi Ispaniya grandi uchun 766 uchrashuv o'tkazgan. Inesta Karles Puyol (593), Migeli (549) va Viktor Valdes (533) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

"Barselona" "Sevilya"ni mehmonda 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Javob bellashuvi 18 avgustda o'tkaziladi. Inestaning o'zi uchrashuvning 36-daqiqasida tizzasidan jarohat oldi va maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com