

"Kamp Nou"da o'tgan "Leganes"ga qarshi LaLiganing 23-tur bahsida "Barselona" qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi (2:1). O'tgan haftada Kataloniya klubi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvida PSJga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
"Biz o'zimiz va bosh murabbiyga bo'lgan ishonchni yo'qotganimiz yo'q. Bu biz uchun imtixon. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Biz hammasini to'g'ri qilishimizga ishonishimiz lozim.
Doimo ortga qarash kerak emas. Oldinga harakatlanish lozim. Bu jamoaga shubha qilmayman" - deydi Inesta.



