Inesta "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013, 18:45
Yarim himoyachi Andres Inesta "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Futbolchining shartnomasi yaqin haftalar ichida uch yilga uzaytirilishi mumkin. Agar bu amalga oshsa Inesta 2018 yil iyun oyiga qadar klubda o'ynaydi.
 
Ushbu shartnoma imzolanganidan so'ng uni sotib olmoqchi bo'lgan boshqa klub Kataloniya klubiga 200 million evroni to'lab qo'yishi kerak bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru