

"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi o'z jamoasining o'yinidan, shuningdek, mehmonda ularni qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan "nerradzurri" muxlislaridan mamnun.
"Biz o'z o'yimizni namoyish eta oldik. Barcha futbolchilar ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Muxlislar ham bizni qoyilmaqom qo'llab-quvvatlashdi. Hozir oldimizda chempionatning uch o'yini va kubok final bor, biz barcha sovrinlarni yutishimiz shart, - dedi Inzagi.



