Ilhom Vahobov: "Qizilqum" bilan oldimizga qo'yilgan asosiy vazifani bajardik"

Iskandarov Abdulaziz
22 dek 2023, 17:39
"Qizilqum" futbolchisi Ilhom Vahobov o'tgan mavsum yakunlari va bo'lajak rejalari bo'yicha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  "Qizilqum" safida o'tgan mavsum qanday o'tdi? Qanday taassurotlar qoldi?

- Ko'rsatkichlarimiz qoniqarli bo'lmasa ham ajoyib mavsum o'tkazdik. Birlashishni, birgalikda barcha narsaga erishish mumkinligini o'rgandik. Bu ham keyingi faoliyatim uchun tajriba bo'ldi, deya olaman. 

- Superligada qolish vazifasi qanday uddalandi?

- Oldimizda turgan asosiy vazifa "Qizilqum"ni Superligada olib qolish edi. Qiyinchilik bilan bo'lsada vazifani bajardik. Bundan barchamiz xursandmiz. 

- Pro liga vakili sifatida "Qo'qon-1912" qanchalik qarshilik ko'rsatdi?

- Qo'qon jamoasi ham yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Bitta o'yin bo'lgani uchun barchasi shu kuni hal bo'lardi. 

- Keyingi rejalaringiz qanday?

- Hali aniq reja tuzganim yo'q. 1 -2ta takliflar bor. Birinchi navbatda "Qizilqum" bilan gaplashib ko'ramiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia