Ikki klub Feliksni APLga qaytarishga tayyor

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2023, 18:08
Angliyada portugaliyalikka talab bor.

"Tottenxem" va "Aston Villa" "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Onda Cero" xabar bermoqda.

"Matraschilar" futbolchini 100 million evroga yaqin summaga sotishga tayyor. Biroq klub bu kelishuvni amalga oshirish qiyin bo'lishini tushunib turibdi. Shu munosabat bilan "matraschilar" portugaliyalikni yana ijaraga berishga tayyor.

Feliks o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida "Chelsi"da o'tkazdi. "Ko'klar" futbolchini sotib olmaslikka qaror qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Onda Cero