

Eslatib o'tamiz, Ikardi 13 fevraldan beri "Inter" safida maydonga tushmayapti. Aynan o'sha kuni futbolchidan sardorlik bog'ichi olib qo'yilgan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Ikardining yangi huquqshunosi "Inter" direktori Juzeppe Marotta bilan bir nechta uchrashuv o'tkazdi. Argentinalik forvard mashg'ulotlarga qaytish uchun klub rahbariyatiga o'z shartlarini e'lon qildi. Shartlar orasida quyidagi bandlar mavjud:
- Klub futbolchining imijini tiklab berishi lozim
- Spalletti aniq tushuntirishlar orqali Ikardi nega sardorlik bog'ichidan ayrilganini ma'lum qilishi kerak.



