Iguain bir necha uchrashuvga diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 apr 2016, 14:16
"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain "Udineze"ga qarshi A Seriyaning 31-tur uchrashuvida o'zini agressiv tutgani uchun bir necha uchrashuvga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Bahsning 75 daqiqasida argentinalik to'psiz xolatda raqib himoyachisi Felipega zarba berdi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Bundan so'ng u hakamni va ikkala jamoa futbolchilarini turtkilay boshladi. Kiyinish xonasiga borgunicha u hammaga baqirishga ulgurdi.

Odatda bunday o'zini tutish uchun 3 ta uchrashuvgacha chetlatishadi, ammo hakamlar Gonsaloning harakatlarini  shafqatsizlik sifatida qabul qilsa futbolchi ko'proq o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport