Ibragimovich tartib-intizom qo'mitasi yig'ilishiga chaqirildi

Omonjon To`xtamirzayev
24 okt 2013, 15:00
Fransiya professional futbol ligasi tartib-intizom qo'mitasining yig'ilishi bugun bo'lib o'tadi.

24 oktyabr kuni qo'mita "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Zlatana Ibragimovichni "Tuluza" himoyachisi Jonatan Zebinaga qaratilgan "to'pponcha"ni ifodalovchi harakati sababli jazolashi mumkin. Eslatib o'tamiz, ushbu ikki futbolchi o'rtasidagi kelishmovchilik, 28 sentyabr kuni "PSJ" va "Tuluza" bahsida kelib chiqqandi. 

Yig'ilish Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Yig'ilishda shvetsiyalik hujumchi o'z harakatlarini ifodalab berishi zarur. Takidlash joiz, Ibragimovich va Zebina o'z vaqtida Turinning "Yuventus" klubi sharafini himoya qilishgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com