Ibragimovich sobiq jamoasiga qaytishga rozi bo'ldi!

Mirjalol Normatov
3 dek 2019, 19:44
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan"ga qaytishga yaqin turibdi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, 38 yoshli futbolchi Angliyadan tushgan takliflarga rad javobini bergan va "Milan"ga qaytishga qaror qilgan.

Oldinroq futbolchi "Los-Anjeles Gelaksi" klubidan ketayotganini rasman ma'lum qilgandi.

Ibragimovich 2010-2012 yillar davomida "Milan" tarkibida 85 o'yinda 56 gol kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph