

30 noyabrda Toshkentda yig'iladigan jamoa 2-14 dekabr va 19-28 dekabr kunlari Dubayda yig'in o'tkazadi.
Ushbu yig'inga Serbiyaning "Yavor" klubida o'ynayotgan hamyurtimiz Husniddin G'ofurov taklif etilgan. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, yig'inga 30 nafar futbolchi chaqirilgan.
2-9 yanvar kunlariga mo'ljallangan yakuniy yig'in ham Dubayda o'tishi mo'ljallangan. Keyin olimpiyachilarimiz Doxaga yo'l oladi va 13 yanvarda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshlaydi.




