Hurriyet: Real Di Mariyani Galatasaroyga sotishga rozi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2013, 20:31
Real va Galatasaroy klublari argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya borasida kelishuvga erishishdi, deb xabar bermoqda Hurriyet.
Klublar transfer borasida barcha masalalarni hal qilib olishdi, biroq hali futbolchining o'zi Turkiyaga o'tishga rozilik bergani yo'q. 

Oldinroq futbolchiga Arsenala qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi. London klubi Di Mariya uchun 30 million evro taklif etgandi.

Real esa Di Mariyani taxminan 40 millionga sotmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru