Hojimat Erkinov: "Mashinani akamga sovg'a qildim, chunki futbolga kirib kelishimda ularning hissalari katta"

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2025, 13:58
O'zbekiston terma jamoasi va "Al Vahda" klubi vingeri Hojimat Erkinov Championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Terma jamoa bilan JCH yo'llanmasini hal qildingiz. Mana endi biroz tanaffus yuzaga kelgan. Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazyapsiz?

- Hozirgi tanaffusni faol o'tkazmoqdamiz. Vaqtim ko'chadagi yumushlar, trenajyor zali va tennis o'ynash bilan o'tmoqda.

- Milliy jamoa a'zolariga BYD Champion mashinasi sovg'a qilindi. Uni kimdir ota-onasiga, kimdir ukasiga, kimdir jiyaniga sovg'a qildi. Siz mashinani nima qildingiz?

- Men akamga sovg'a qildim, chunki futbolga kirib kelishimda akamning juda katta hissalari bor. 

- Bilamizki, siz so'nggi vaqtlarda "Al Vahda" tarkibida asosan zaxiradan maydonga tushayotgandingiz. Hojimat Erkinovni kelasi mavsum ham bu jamoa safida ko'ramizmi?

- Hozircha aniq bilmayman. BAAning 2-3 ta jamoasi bilan muzokaralar ketmoqda, jumladan, "Al Vahda" bilan ham. Hammasini vaqt ko'rsatadi. 

- Hojimat Erkinovni 5 yildan keyin qaysi jamoada ko'ramiz?

- Sog'-salomat bo'lsak, o'sha payt balki Yevropada, balki Osiyoda. Nasib, o'shanda bilamiz.

- Qiziqarli savol: Krishtianu Ronaldu bilan 1 soat suhbatlashish yoki Lionel Messi bilan 1 ta o'yinda bir jamoada harakat qilish. Qaysi variantni tanlagan bo'lardingiz?

- Krishtianu Ronaldu bilan 1 soat suhbatlashish.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia