Gyotce "Borussiya" tarkibida boshqa maydonga tushmaydi, u Ispaniyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
23 iyun 2020, 16:37
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce ortiq jamoa safida maydonga tushmaydi.

Gyotce 1 iyuldan erkin agentga aylanadi. Xabarlarga ko'ra, unga "Atletiko" qiziqmoqda, ammo ispan klubi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan og'ir moliyaviy vaziyat tufayli nemis futbolchisiga faqatgina 2 million evro to'lashga tayyor. Gyotce hozirda yiliga 10 mln evro maosh oladi.

28 yoshli germaniyalik Bundesliga doirasidagi "Xoffenxaym"ga qarshi o'yin (27 iyun) uchun qaydnomaga kirmadi, 6 iyun kuni muddatidan oldin uning o'g'li tug'ildi va Gyotce oilasi bilan birga bo'lishni muhimroq deb bildi. Shunday ekan Gyotce "arilar" safidan boshqa maydonga tushmaydi.

Gyotce tez-tez shifoxonaga borgani uchun tibbiy qoidalarga amal qilmadi. Shu sababli u jamoadoshlari bilan mashg'ulot o'tkazishi mumkin emas, hozirda yakka tartibda mashg'ulot olib bormoqda.

Xavbek joriy mavsum "Borussiya" safida Bundesliga doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild