Gvardiola Xoland haqida: "Uning buvisi olamdan o'tdi, 2 oyni jarohat bilan o'tkazib yubordi"

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024, 15:50
Kecha tunda "Manchester Siti" APL 18-turi doirasidagi qoldirilgan uchrashuvda "Brentford"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yindagi yagona golni Erling Xoland 71-daqiqada kiritdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga oxirgi uchrashuvlarda ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovurayotgan Erling Xoland haqida savol berishdi.

"Men yosh paytlarim katta yoshli do'stim shunday degandi: "Tor forvardlar ko'p gol urishadi, ularni tanqid qilma. Aks holda, ular seni ovozingni o'chirishadi".

Ertami-kechmi Xoland o'z gollarini uradi. U jarohat sabab 2 oyni o'tkazib yubordi, uning buvisi olamdan o'tdi, bu oson emas. Agar men imkon berish uchun faqat bir o'yinchini tanlashim kerak bo'lsa, bu aynan Erling bo'lardi", - degan Gvardiola matbuot anjumanida.


Eslatib o'tamiz, ayni paytda Erling Xoland APLda 17ta gol bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarib bormoqda.

Angliya Premer ligasi turnir jadvali >>>>> APL

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport24.ru