Gvardiola: "Meni ishdan bo'shatishlari mumkinligiga ishonmayman"

Omonjon To`xtamirzayev
11 fev 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub o'zini ishdan bo'shatishidan havotirda emasligini ma'lum qildi.

Ispaniyalik mutaxassisdan joriy mavsum ishlar yurishmayotgani tufayli klub shartnomani bekor qilishi ehtimoli haqida so'rashdi.

"Yo'q, men ishdan bo'shatilishimdan havotirda emasman. Shifokorga shu kabi savol berisharmikin, bilmayman. Men avvalgi mavsumlardagi mehnatim, ko'rsatgan natijalarim uchun hozir shu yerdaman. Meni ishdan bo'shatishlari mumkinligiga ishonmayman". 


Karlo Anchelotti: "Gvardiolaga qarshi o'yinlarga tayyorlanish - dahshat"


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Саймон Стоун "Твиттери"