Karlo Anchelotti: "Gvardiolaga qarshi o'yinlarga tayyorlanish - dahshat"

Omonjon To`xtamirzayev
11 fev 2025
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YCHL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan avval Pep Gvardiol haqida fikr bildirdi.

"U zamonaviy futbolga yangilik olib kirgan insonlardan biri. Men Pepni qattiq hurmat qilaman va uni agar dunyoning eng yaxshisi bo'lmasa, eng yaxshilaridan biri deb hisoblayman. Unga qarshi o'ynash, bu bellashuvlarga tayyorlanish – bu doimo dahshat. Chunki unda sizni hayron qoldiradigan g'oya doim topiladi.

Eslatib o'tamiz, jamoalarning birinchi to'qnashuvi bugun tunda Angliyada bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 19 fevral Madridda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca