Gvardiola "Manchester Siti"ga "Real" futbolchisini olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 dek 2018, 12:36
"Real" yarim himoyachisi Isko faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Iskoni klubning asosiy transfer nishoni bo'lishini ma'lum qildi. "Manchester Siti" yozda ispaniyalik xavbekni xarid qilishga urinib ko'radi. Klub vakillari Isko agentlari bilan muzokaralar o'tkazishga ulgurishdi.

"Real" hamda futbolchi o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi, bitimdagi tovon puli 700 mln. evro. "Qaymoqranglilar" Iskoni kamida 100 mln. evroga sotmoqchi.

Oldinroq, Isko "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelisha olmay qolgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS