

"Endi hech qachon "Barselona" bosh murabbiyi bo'lmayman. Klubdagi davrim yakunlangan" - deydi Gvardiola.
Gvardiola Kataloniya jamoasini 2008-2012 yillarda boshqargan. "Barselona" uning qo'l ostida Ispaniya chempionligi va mamlakat Kubogini qo'lga kiritgan, Chempionlar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lgan.



