Gvardiola: "Biz yaxshi o'yin namoyish etdik va buning uchun mukofotlandik"

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 00:47
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining Angliya Premer-ligasi doirasida "Everton"ga qarshi o'yinini (3:0) sarhisob qildi.

"Raqibimiz juda chuqur himoyalanishdi, shu bois o'yin ritmini to'liq nazorat qildik. Hujumlarning hal qiluvchi vaziyatlarda talab qilinganidek harakat qilgani tahsinga sazovor. Bu uch ochko olishimizga yordam berdi. Qayd etishni istardimki, futbolchilarning mahorati hal qiluvchi rol o'ynadi. Rodri va Rahim Sterling ajoyib imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Biz yaxshi o'yin namoyish etdik va buning uchun mukofotlandik", - dedi ispaniyalik mutaxassis o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC