

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" ustozi Bellingemga u o'z vatanida o'ynashi va uni hamma yerda qadrlab, hurmat qilishlarini aytgan. Shu bilan birga Gvardiola, "Siti"ning g'alabali davri davom etayotgani va "Real"niki yakunlanayotganini gapirgan.
Bundan tashqari, Pep APL va LaLigadagi moliyaviy imkoniyatlar haqida aytib, Judda kuchliroq homiylar paydo bo'lishini takidlagan. Bunga qo'shimcha ravishda, Bellingem "Real"da o'sa olmasligini aytgan.
Bellingem Gvardiolaga qiziqish uchun rahmat aytib, o'z qarorida qolishini va "Real"ga o'tishini ma'lum qilgan.



