Gvardiola Angliya terma jamoasining qiziqishini izohladi

Alisher
4 avg 2024, 12:05
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola unga Angliya terma jamoasining qiziqishi haqida gapirdi.

"Manchester Siti" murabbiyiman, shu yerdaman. Haqiqatdan ham baxtliman va ortiq hech narsa deya olmayman. Bu qayerdan olinganini bilmayman, ammo bu yerda bo'lishdan mamnunman.

Nima bo'lishini ko'ramiz. Hozirda futbolchilarning qaytishga tayyor bo'lishini va ular bilan birga mashg'ulotlarlar o'tkazishni intiqlik bilan kutyapman", – dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi Garet Sautgeyt ketganidan so'ng murabbiysiz qoldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports