Gustavo Poyet Xitoy klubidan ketdi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2017, 11:42
"Shanxay Shenxua" bosh murabbiyi Gustavo Poyet iste'foga chiqarildi.

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi. Chet el saytlarining ma'lumotlariga ko'ra, "Shanxay Shenxua" rahbariyatiga jamoaning natijalari yoqmagan. Ayni damda klubXitoy chempionatida 12-o'rinni egallab turibdi.

Gustavo Poyet 2016 yilning 29 noyabrida Xitoy klubi bilan shartnoma tuzgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia