Gretsiya TJ ustozi faoliyati davomida ko'rgan eng zo'r futbolchi kimligini aytdi

Eldor Akmurzayev
26 iyun 2022, 09:05
“Chelsi” va “Tottenxem” kabi klublar sharafini himoya qilgan urugvaylik sobiq futbolchi Gustavo Poyet “Real” yetakchisi Luka Modrich haqida gapirdi.

“Turli futbolchilar bilan o'ynaganman, ammo “Tottenxem”da assistent bo'lib ishlaganimda, Modrich u yerda o'ynardi va u men ko'rgan eng zo'r futbolchi hisoblanadi. Uning futbol haqidagi qarashlari aql bovar qilmas darajada. U barchasini juda oson amalga oshiradi. Hammasini – tezlashadi, to'xtaydi, zarba beradi. Unda tug'ma istedod bor”, deydi Poyet.

Eslatib o'tamiz, 54 yoshli mutaxassis 2001-2004 yillar “shporlar” sharafini himoya qilgan va 2007/08 yilgi mavsum murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.

U 2022 yil fevralidan beri Gretsiya TJga ustozlik qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports