Grizmann Jironaga qarshi o'yinda nima uchun qizil kartochka oldi?

Narzulla Saydullayev
20 avg 2017, 07:50
Atletiko hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatining 1-turida Jironaga qarshi o'yinda (2:2) bosh hakam Xuan Martines Munuerani haqorat qilgani uchun chetlatildi.

Uchrashuvning 67-daqiqasida hakam futbolchiga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatdi. Bunga javoban Grizmann hakamga qarab: Sen axlatsan dedi. Hakam darhol unga qizil kartochka ko'rsatdi va Grizmann maydonni tark etdi.

Qizig'i Grizmann maydonni tark etayotganida jamoasi 0:2 hisobida ortda borayotgan edi, uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakuniga etdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com