Grizmann: "Bu bizning tun emasdi, ammo Fransiya terma jamoasi bilan faxrlanaman"

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2016, 11:41
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Portugaliyadan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo portugaliyalik darvozabon yaxshi o'ynadi. Ularda vaziyatlar ko'p bo'lgani yo'q, raqib qarshi hujumga tayanib o'ynadi. Ular uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda gol urishdi, javob berishga qiynaldik. Juda xafamiz, ammo futbol shunday.

Biz bu mag'lubiyatni tezroq unutib, jahon chempionati saralashiga tayyorlanishimiz kerak. Bu bizning tun emas. Mag'lubiyatga qaramasdan, terma jamoamiz bilan faxrlanaman" - deydi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe