Grinvud "Marsel" safida Liga 1dagi 3ta o'yinda 5ta gol urdi. Bu ishni so'nggi 50 yilda faqatgina Balotelli qila olgandi

Alisher
1 sen 2024, 01:44
Meyson Grinvud "Marsel" safida yana gol urdi.

Futbolchi shanba kuni "Tuluza"ga qarshi Fransiya chempionati doirasidagi o'yinda dubl qayd etdi.

Grinvud shunday qilib, "Marsel" safida Liga 1 doiraidagi dastlabki uchta o'yinda beshta gol urdi.

So'nggi 50 yilda faqatgina bitta o'yinchi Fransiya chempionatining dastlabki uch turida 5+ gol urgandi, gap "Nicca" safida 2016 yilda bu natija qayd etgan Mario Balotelli haqida bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Grinvud yozda "Manchester Yunayted"dan "Marsel"ga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta