Grillich yozda "Xoffenxaym"dan "Roma" yoki "Inter"ga o'tishi mumkin

Alisher
22 mar 2022, 11:01
"Xoffenxaym" yarim himoyachisi Florian Grillich shartnomani uzaytirish borasidagi klub taklifini rad etdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi bilan 2022 yilning yozida "Inter" va "Roma"ga erkin agent maqomida shartnoma imzolash taklif etildi.

Transfermarkt avstriyalik yarim himoyachini 16 million evroga baholamoqda.

Grillich joriy mavsum "Xoffenxaym" tarkibida Bundesliga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira