Grekcha qarshilik. Britaniya nashrlari MYU ning mag'lubiyatini qanday kutib oldi?

Tolibjon Qosimov
27 fev 2014, 17:53
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi ushbu mavsumdagi navbatdagi mag'lubiyatini qarshi oldi.
Chempionlar ligasining 1/8 finali dastlabki uchrashuvida safarda Gretsiyaning "Olimpiakos" klubiga 0:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Greklar tarkibida gollarni Alexandro Dominges va Joel Kempbell kiritdi. Javob uchrashuvi 19 mart sanasida o'tkaziladi.

The Times: "MYU grek tragediyasini boshidan o'tkazdi".



Daily Express: "Bu "gunner" sizga qimmatga tushdi" ("Arsenal"dan "Olimpiakos"ga ijaraga o'tgan Joel Kempbell "Yunayted"ni qo'rqitib qo'ydi).



The Independent: Roy Kin qo'rqinchli mag'lubiyatdan so'ng - "MYU sifatli futbolsiz yashay olmaydi", deb ta'kidlab o'tdi.



Mirror: "Grekcha qarshilik": Moyes eng quyiga sho'ng'idi - MYU sharmandali tarzda Evrokubokdan chikib ketish ostonasida.



sports.ru materiali asosida Tolibjon Qosimov tayyorladi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia