Gonsalo Iguain: "Skudettoga ega chiqishni istaymiz"
Narzulla Saydullayev
21 dek 2015, 01:00
"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain "Atalanta"ga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz Skudettoni yuta olishimiz mumkin. Bugun kurashchan jamoaga qarshi o'ynadik. G'alaba qozona olganimizdan xursandmiz. Muvaffaqiyatimizda murabbiyning xizmati katta. 5 oy ichida ko'p narsaga erisha oldik", - deydi argentinalik futbolchi.