Gollandiyaning JCH-2014 uchun kengaytirilgan ro'yxati ma'lum

Narzulla Saydullayev
5 may 2014, 20:01
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal Jahon chempionatiga borishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Ro'yxatdan Gollandiya chempionatida ishtirok etuvchi 20 nafar futbolchi o'rin olgan. Boshqa chempionatlarda o'ynaydigan yana 10 nafar futbolchining nomi keyinroq ma'lum bo'ladi.
 
Gollandiya terma jamoasining kengaytirilgan ro'yxati: Daley Blind, Jan-Pol Boetius, Lyuk Kastanos, Yasper Sillessen, Yordi Klasi, Memfis Depey, Deril Yanmaat, Devi Klaassen, Terens Kongolo, Yurgen Lokadiya, Bruno Martins-Indi, Lusiano Narsing, Kvinsi Proms, Karim Rekik, Tonni Vilena, Yoel Veltman, Kennet Vermeer, Stefan de Vriy, Jorjinio Viynaldum, Yerun Zut.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru