Gollandiya yoki Shvetsiyaga 7ta gol uradi yoki JCH-2018ga bora olmaydi

Narzulla Saydullayev
8 okt 2017, 10:21
Gollandiya terma jamoasi JCH-2018 saralashida Belarus terma jamoasini mag'lub etdi (3:1).

Ayni paytda Gollandiya 16 ochko bilan guruhda 3-o'rinda borishmoqda. Ikkinchi o'rindagi Shvetsiyada 19 ochko bor. Shvedlarda to'plar nisbati +19, gollandlarda esa + 7.

Shu tariqa, Gollandiya terma jamoasi ikkinchi o'ringa chiqib olish uchun so'nggi turda Shvetsiyani 7ta to'p farqi bilan mag'lub etishi kerak bo'ladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia