"Golden Boy-2020"ga nomzod futbolchilar e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
15 iyun 2020, 19:20
Tuttosport tomonidan 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchiga topshirilidigan “Golden Boy” mukofotiga da'vogarlik qiluvchi 100 nafar o'yinchining ro'yxatini taqdim etdi.

Undan. Meyson Grinvud (Manchester Yunayted), Eduardo Kamavinga (Renn), Alfonso Devis (Bavariya), Anssumane Fati (Barselona), Filip Foden (Manchester Siti), Erling Xoland, Jeydon Sancho (ikkisi – Borussiya), Kallum Xadson-Odoi (Chelsi), Takefusa Kubo (Malorkada ijarada o'ynayotgan Real a'zosi), Daniel Maldini (Milan), Reyner (Real), Sandro Tonali (Breshiya), Ferran Torres (Valensiya) joy olgan.

20 da'vogardan iborat yakuniy ro'yxat esa 15 oktyabrda e'lon qilinadi. O'tgan yili ushbu nomga “Atletiko” forvardi Joau Feliks loyiq deb topilgandi. 

To'liq ro'yxat bilan esa quyidagi xavola orqali tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Tuttosport