Germaniyada navbatdagi 2 tur bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Tolibjon Qosimov
21 may 2020
Germaniya chempionatida navbatdagi ikki turda uchrashuvlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Bu haqda "Bild" nashri ma'lumot tarqatdi. Shu tariqa, koronavirusdan qurbon bo'lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirish rejalashtirilgan.

"Worldometer"ning ma'lumotlariga ko'ra, 20 maydan 21 mayga o'tar kechasi dunyo bo'ylab 5 057086 nafar odam koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 328194 nafari vafot etgan bo'lsa, 2 001365 nafari tuzalgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild.de