Gattuzo: "Napoli" bilan o'yinda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi"

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2018, 21:39
"Milan" bosh murabbiyi Jenaro Gattuzo "Napoli"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz xursandmiz. "Napoli"da imkoniyatlar ko'p bo'lishini va ular asosan to'pni nazorat qilishlarini bilardik. Ko'p yo'nalish bo'yicha o'yinimizni kuchaytirishimiz lozim. Bunday bahslar "Milan"ga tajriba to'plashda yordam beradi. Ushbu o'yinda biz g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, ammo mag'lubiyatga uchrashimiz ehtimoli ham katta edi.

"Milan" Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashdami? Biz matematik jihatdan imkoniyatimiz qolmagunicha ishonishda davom etamiz. Ammo, tan olish lozim, bu juda qiyin", - dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mediaset Premium