Gattuzo A Seriya klubi taklifiga rad javobini berdi

Mirjalol Normatov
2 okt 2019, 22:42
"Milan"ning sobiq ustozi Jennaro Gattuzo "Jenoa"ni boshqarmaydi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, tomonlar faol tarzda muzokaralar olib borishgan. Biroq 41 yoshli mutaxassis taklifga rad javobini bergan.

Oldinroq u Moskvaning "Spartak"ni boshqarishi yoki "Milan"ga qaytishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi. "Jenoa" ayni damda  A Seriyaning 18-jamoasi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport