Gamshik Maradona bilan tenglashib oldi

16 dek 2017, 23:04
“Napoli”ning yarim himoyachisi Marek Gamshik neapolliklar safida Maradonaning natijasini takrorladi.

30 yoshli slovakiyalik futbolchi A Seriyaning 17-turida safarda “Torino” darvozasini ishg'ol etib, klub safida o'zining 115-golini kiritdi va bu borada afsonaviy Maradonaga yetib oldi.

Gamshikdan tashqari yana to'rt nafar futbolchi “Napoli” safida yuzlik dovondan o'tishgan: Diego Maradona (115), Attila Sallustro (108), Edinson Kavani (104) va Antonio Voynyak (103).

Slovakiyalik futbolchi 2007 yildan bunyo “Napoli” sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com