Gameyro: "Biz Grizmann bilan "Atletiko" uchun ko'p gol urishimizga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2016, 14:47
"Sevilya" sobiq hujumchisi Kevin Gameyro o'zining "Atletiko"ga o'tishiga izoh berdi.

"Antuan Grizmann fransiyalik ajoyib futbolchi hisoblanadi va u bilan ko'p gol urishimizga ishonaman. Hozircha u menga qo'ng'iroq qilgani yo'q, Antuan tatilda.

"Atletiko"dek buyuk klubga o'tganimdan xursandman. Diego Simeone bilan telefon orqali suhbatlashdim va u menga bizni ajoyib mavsum kutayotganini aytdi. Menga "Atletiko"ning jamoaviy ruhi yoqadi. Yaqin yillar ichida bu yerda ko'p narsaga erishaman deb o'ylayman. Qaror qabul qilishda shubahaga borganim yo'q" - deydi Gameyro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Four-Four-Two