"Atletiko", PSJ va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi 37 yoshida faoliyatini yakunladi

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2025, 14:21
37 yoshli hujumchi Kevin Gameyro professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"Maydonda o'tkazilgan har bir lahza xotiramda, lekin eng avvalo qalbimda muhrlanib qoladi. Ammo, hayotimning bu ajoyib bobini faxr va sog'inch ohangida yakunlash vaqti keldi. Sahifa almashadi, ammo futbolga bo'lgan muhabbat abadiy qoladi," - deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.

Gameyroning so'nggi klubi "Strasbur" bo'lib, u 2024 yilning yozida klubni tark etgandi.

Shuningdek, francuz "Loryan," PSJ, "Sevilya", "Atletiko" va "Valensiya" klublarida ham o'ynagan. U to'rt karra Yevropa Ligasi g'olibi, Fransiya chempioni va Ispaniya kubogi sohibi hisoblanadi.

Gameyro Fransiya terma jamoasi safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: instagram.com/kevingameirooff