

Dastlab Toshkent vaqti bilan 14:00da 3-o'rin uchun kechadigan bahs bo'lib o'tadi. Bunda Vetnamning "Tai Son Nam" va Qatarning "Al Rayan" futzal klublari o'zaro bahs olib borishadi.
17:00da esa final boshlanadi. Hal qiluvchi bahsda "Olmaliq" bilan bir guruhda kurash olib borgan "Chonburi Bluveyv" (Tailand) Eronning "Sanoe Giti Pasand" klubi bilan bellashadi. Har ikkala o'yinni "Sport" telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatishni rejalashtirmoqda.



