

Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" "Five Star"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. "Five Star" a'zosi Xurshid Umaraliev o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'tgan mavsum aynan "Olmaliq" safida to'p tepganman, bu mavsum avvalida esa sobiq jamoamga qarshi bahs olib bordik. "Olmaliq"ning asosiy o'yinchilari terma jamoa a'zolari ekanligi o'yinga o'z ta’sirini o'tkazdi. Shuningdek, bizning jamoa asosan, yosh va havaskor futzalchilardan tashkil topgani sababli qiyinchilik bo'ldi".



