Futbol bayrami boshlandi FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
9 noya 2018, 15:59
Olmaliq shahrida katta futbol bayrami davom etmoqda.

AGMK klubi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgani munosabati bilan bugun shaharda katta bayram tadbiri o'tkazilmoqda.

Bugun AGMK murabbiy, futbolchi va xodimlariga klub rahbariyati tomonidan avtomobillar topshirilishi va ulovlar o'z egalarini kutayotgani haqida xabar bergan edik.



Biroz avval dasturxonlarga osh suzildi va xalqqa tarqatildi. Stadion yonida joylashgan bog'da jami 10ta qozonda 500 kg osh damlandi.


Shahar mutlaqo bayram kayfiyatiga burkangan.


Stadionda koncert dasturi ham boshlab yuborildi.


Mana shunday futbol bayramlari har bir viloyat va shaharlarimiz jamoalari va muxlislariga nasib etsin.



Tolibjon Qosimov, Zoir Tursunboev, Jahongir Fayzullaev

Olmaliq shahridan

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia