Fransisko Arauxo: "O'zbekistonni mag'lub etishimiz zarur"

12 fev 2016, 18:47
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati doirasidagi Saudiya Arabistoni - Livan (3:3) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Livan bosh murabbiyi Fransisko Arauxo ishtirok etdi.


"Ikkita o'yinda ikkita durang qayd etdik. Endi O'zbekistonga qarshi bahsda faqat g'alaba qozonishimiz zarur. Bizning boshqa yo'limiz ham yo'q. Aks xolda musoboqadan chiqib ketamiz. Bizning rejamiz uchinchi turda O'zbekistonni mag'lub etish. Bugun birinchi o'yinga qaraganda yaxshi o'ynadik. Lekin yigitlarimiz charqab qolishgandek ko'rishdi. Balki biz tanovul qilgan taomlarimiz ularni qiynab qo'ygandir. Ular o'zlari yoqtirgan taomlarni istemol qila olishmayapti. Bu ham jamoamizga yomon ta’sir ko'rsatmoqda. Bugun biz o'zimizga o'xshamadik. Ko'p vaziyatlarda qaror qabul qilishda kech qoldik. Men jamoamni yaxshi bilaman. Ular bugun o'z kuchlaridan maksimum foydalana olishmadi. Birinchi turdagi durang jamoaga ruhan yomon ta’sir qildimi? Yo'q, men bunday deb hisoblamayman. Jamoamiz natijalari uchun barcha mas'uliyatni o'z bo'ynimga olaman", - dedi Fransisko Arauxo.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia