Fransiya terma jamoasi namoyishchilarni mamlakatdagi tartibsizliklarni to'xtatishga chorladi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2023, 16:08
Fransiya terma jamoasi futbolchilari namoyishchilarni mamlakatdagi tartibsizliklar va zo'ravonliklarga chek qo'yishga undadi.

"So'nggi kunlarda biz xalq g'azabini ko'ryapmiz. Har kuni mol-mulkingizni, mahallangizni, shaharlaringizni, va xalqingizning joylarini buzyapsiz. Ko'pchiligimiz ishchilar sinfidanmiz va biz bu og'riq, qayg'u tuyg'ularini tushunamiz. Ammo bizning azob-uqubatimizga o'z-o'zini yo'q qilish jarayonini ojizlik bilan kuzatish azoblari qo'shilmoqda. Bunday zo'ravonlik hech narsani hal qilmaydi", – deyiladi jamoa maktubida.

Fransiyada policiya to'xtatish buyrug'iga bo'ysunmagan 17 yoshli o'smirni otib o'ldirganidan keyin boshlangan tartibsizliklar bir necha kundan beri davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe