Fransiya kubogi. PSJ yirik hisobda “Dijon”ni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi

27 fev 2019, 08:09
Kecha Fransiya kubogi 1/4 finali doirasida bitta o'yin bo'lib o'tdi.

Unda PSJ “Dijon”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi. Gollardan ikkitasi Anxel Di Mariya mualliflik qilgan bo'lsa, yana bir gol esa Toma Mene hisobiga yozildi.

PSJ – “Dijon” 3:0
Gollar: 1:0 – 8 Di Mariya, 2:0 – 28 Di Mariya, 3:0 – 76 Mene.
PSJ – Buffon, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Kerer, Di Mariya (Diabi, 82), Verratti, Draksler (Nkunku, 81), Paredes (Dagba, 82), Shupo-Moting, Mene.
Dijon – Runarsson, Lotoa, Agerd, Xaddadi, Kulibali, Amalfitano, Balmon, Kvon Chxan Xun (Sammaritano, 68), Sliti (Keyta, 77), Shafik, Tavaresh (Said, 78).
Ogohlantirishlar: Verratti (43), Kulibali (74).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia