Fransiya Dembelening g'alabasidan so'ng "Oltin to'p" sohiblari soni bo'yicha birinchi o'ringa chiqib oldi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025, 15:55
PSJ hujumchisi Usmon Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan tarixdagi oltinchi fransiyalikka aylandi, deya xabar berdi "Stats Foot".

Taqdirlash marosimi dushanba kuni Parijdagi Shatle teatrida bo'lib o'tdi. Dembele sovrinni 2005 yilgi "Oltin to'p" sohibi braziliyalik Ronaldinyodan qabul qilib oldi.

Dembelegacha bu sovrinni fransiyaliklardan Mishel Platini (uch marta), Raymon Kopa, Jan‑Per Papen, Zinedin Zidan va Karim Benzema qo'lga kiritgan. Oltita lareat – barcha mamlakatlar orasida rekord. G'arbiy Germaniya/Germaniya va Italiyada besh nafardan, Angliya va Braziliya esa to'rt nafardan g'olib mavjud.

Fransiya endi mukofotlarning umumiy soni bo'yicha (8 ta) Argentina bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi, Lionel Messi 2009 yildan 2023 yilgacha sakkizta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.

1995 yilgacha "Oltin to'p" faqat yevropalik futbolchilarga topshirilar edi. Shunday qilib, Pele, Diego Maradona va XX asrning boshqa janubiy amerikalik yulduzlari hech qachon g'alaba qozonmagan. Yevropalik bo'lmagan birinchi g'olib 1995 yilda liberiyalik Jorj Vea, 1997 yilda esa birinchi janubiy amerikalik braziliyalik Ronaldo bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Stats Foot