Fransiya chempionati. “PSJ” ilk mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi

2 dek 2017, 23:40
Fransiya chempionatining 16-turida peshqadam “PSJ” futbolchilari mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qarshi olishdi.

Strasburg” maydoniga safar uyushtirgan Emeri shogirdlari 13-daqiqada o'z darvozalaridan gol o'tkazib yuborishsada, bo'lim so'nggida Mbappe muvozanatni tikladi. Ammo ikkinchi bo'limda mezbonlar ikkinchi golni kiritib, g'alabani o'zlari tomonga og'dirishdi.

Parijliklar  so'nggi bor rasmiy bahslarda 30 aprel kuni “Nicca” (1:3)ga imkoniyatni boy berishgandi.


Fransiya chempionati, 16-tur.

Strasbur – PSJ 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 13 Da Koshta, 1:1 – 42 Mbappe, 2:1 – 65 Baoken.

Strasbur – Kamara (Ukidja, 72), Mangan, Lala, Seka, Kone, Axolu, Lienar, Marten, Tere, Baoken (Saadi, 82), Da Koshta (Grimm, 86).

PSJ –Areolya, Markinos, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Pastore (Lo Chelso, 81), Rabo, Draksler (Verratti, 80), Di Mariya (Kavani, 75), Neymar, Mbappe.

Ogohlantirish: Berchiche (44), Da Koshta (50), Saadi (90), Lienar (90), Neymar (90), Marten (90), Kimpembe (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia