Fransiya chempionati. “Monako” 12 uchrashuvlik noxush seriyaga chek qo'ydi va boshqa natijalar

25 noya 2018, 08:35
Fransiya chempionatining 14-turidan o'rin olgan bir qator bellashuvlar bo'lib o'tdi.

Fransiya chempionatining 14-turidan o'rin olgan bir qator bellashuvlar bo'lib o'tdi.

Anri boshqaruvidagi “Monako” safarda “Kan” ustidan g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 54-daqiqada Radamel Falkao tomonidan kiritildi. Ushbu g'alaba bilan monekaskliklar 12 uchrashuvdan buyon davom etayotgan noxush ananaga chek qo'yishdi. Bungacha ular mamlakat chempionatida 8 ta uchrashuvda mag'lub bo'lib, 4 ta durang qayd etishgandi. 

Fransiya chepionati, 14-tur.

Kan – Monako 0:1 (0:0, 0:1)

Gol:0:1 – 54 Falkao.

Kan – Samba, Gradi, Bess, Djiku, Armugom, Demenge (Kaui, 62), Oniange, Fajr, Ninga (Jozef, 58), Tchokunte, Bovyu (Bammu, 72).

Monako –Benalo, Per-Gabriel, Jemerson, Badiashile, Xenrixs, Tilemans, Ait-Bennasser, Golovin, Diop (Pele, 59), Shadli (Gransir, 76), Falkao (Silla, 81).

Ogohlantirish:Ninga (39), Bess (52), Golovin (77), Per-Gabriel (90), Ait-Bennasser (90).

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia